+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
23-01-2024, 14:10
38

Yaponiyaning SLIM Lunar moduli muvaffaqiyatli qo‘nganidan keyin batareya quvvati tugaydi


Yaponiyaning Smart Lander for Investigating Moon (SLIM) oy modulining quyosh panellari Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘nganidan keyin bir necha soat o‘tib energiya ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00.20 da Oyni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan «aqlli» qurilma Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Biroq, atigi 2 soat 40 daqiqadan so‘ng, qurilma quvvat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi.

Qurilmaga o‘rnatilgan quyosh panellari Quyoshga qaramagani uchun ular energiya ishlab chiqara olmaydi va shu sababli batareya quvvatlanmaydi, deya tushuntirdi agentlik.

Biroq JAXA ekspertlari Oyga qo‘nadigan modul hali ham quyosh panellari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligini tan olishadi, uni qo‘ngandan so‘ng darhol ishga tushirish mumkin emas edi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта