+23° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 22 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 909.64 so'm (-28.56 so'mga)
159.75 so'm (+0.24 so'mga)
14 908.05 so'm (+197.32 so'mga)
04-03-2024, 11:48
85

Nikki Xeyli Respublikachilarning Vashingtondagi praymerizida Tramni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi

AQSh prezidentligiga nomzod Nikki Xeyli 3 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Respublikachilar partiyasining praymerizlarida g‘alaba qozondi. Janubiy Karolina sobiq gubernatori va AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili 62,9 foiz, uning raqibi - AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp esa 33,2 foiz ovoz oldi, deb yozadi Reuters.

"Nikki Xeyli AQSh tarixida respublikachilar praymerizlarida g‘alaba qozongan birinchi ayolga aylandi", — deya ta’kidladi Xeylining saylovoldi shtabi vakili Oliviya Peres-Kubas.

Edison Research tahlilchilariga ko‘ra, bu g‘alaba ramziydir, Xeylining respublikachi nomzod bo‘lish ehtimoli "deyarli imkonsiz" bo‘lib qolmoqda. Respublikachilar orasida yaqqol favorit - Tramp partiyaning barcha oldingi kokuslari va praymerizlarida, shu jumladan Xeyli vatani Janubiy Karolina shtatida ham ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi.

AQSh saylov kampaniyasidagi navbatdagi katta voqea 5 mart kuni "superseshanba" deb ataladigan kun bo‘ladi, bunda partiya praymerizlari bir vaqtning o‘zida 15 shtat va bitta dengizorti hududida bo‘lib o‘tadi. "Superseshanba" natijalari Xeyli va Tramp o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin – agar sobiq prezident ushbu tadbirlarda yagona raqibini mag‘lub etsa, 20 martgacha u respublikachilar partiyasi ichki kurashida to‘liq g‘alaba qozonganini e’lon qilishi mumkin bo‘ladi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта