Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi. Halok bo‘lganlar orasida uch yoshli bola ham bor. Sakkiz kishi jarohat olgan, ulardan biri bola. Vayronalar ostidan besh kishi qutqarib olindi. Qidiruv ishlari davom etmoqda.
Ertaga Odessa viloyatida motam e’lon qilindi, deb xabar qildi viloyat hokimiyati. Viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari boshlandi.
«Yaqinlarini yo‘qotganlarga samimiy hamdardlik bildiraman», — deb yozdi viloyat hokimligi rahbari Oleg Kiper o‘zining Telegram-kanalida.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring