Avstriyada aholi punktlari ko‘chalari bo‘ylab ruxsat etilgan tezlikdan soatiga 80 kilometrdan, shahar tashqarisida esa 90 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlangan haydovchilar avtomashinalari endi musodara qilinadi. Avtomobil keyinchalik kimoshdi savdosida sotiladi. Mamlakatda 1 mart, juma kunidan tezlikni oshirganlik uchun bunday jazolarni nazarda tutuvchi qoidalar kuchga kirdi.
Umumgerman avtomobil klubi (ADAC) ogohlantirganidek, tezlikni oshirganligi uchun sudlangan haydovchilar, hatto aholi punktlarida tezlikni 60 km/soatdan ortiq va undan tashqarisida 70 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlansa ham jazolanadi.
Agar mashina haydovchiga tegishli bo‘lmasa, u 14 kunga vaqtinchalik musodara qilinishi mumkin. Bu ijaraga olingan yoki lizingga olingan transport vositalariga ham tegishli.
Avstriya 2021 yilda tezlikni oshirganlik uchun jarimalarni sezilarli darajada oshirdi. Ruxsat etilgan chegaradan 30 km/soatga oshib ketgan haydovchilar endi kamida 150 yevro to‘lashi kerak. O‘ta og‘ir holatlarda va takroriy huquqbuzarlar uchun jarima 5000 yevrogacha chiqishi mumkin, deya ogohlantiradi ADAC.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring