+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
22-01-2024, 20:52
37

Kreml Doneskdagi zarbani «dahshatli terrorchilik harakati» deb atadi

Doneskdagi bozorga yakshanba kuni uyushtirilgan hujum «dahshatli terrorchilik harakati»dir.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Rossiya davlat matbuoti.

«Kecha Doneskdagi savdo markazlarida sodir bo‘lgan hujum dahshatli terrorchilik harakatidir, chunki beg‘araz qurollar qo‘llanilgan va bu juda ko‘p qurbonlarga olib kelgan», - dedi Peskov dushanba kuni jurnalistlarga.

«Biz buni keskin qoralaymiz va, albatta, xalqimizni ushbu xavfdan himoya qilish uchun maxsus harbiy operasiya davom etadi», - deya davom etdi Kreml matbuot kotibi.

Doneskdagi bozorning o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi, kamida 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda avvalroq «DXR rahbari» deb ataluvchi Denis Pushilin xabar bergan edi.

- Moskva Tramp mojaroni qanday hal qilishni rejalashtirayotgani haqida hech qanday tushunchaga ega emas
Top.Mail.Ru Анализ сайта