2023 yil 28 fevralda Afinadan Saloniki shahriga ketayotgan yo‘lovchi poyezd yuk ortgan tarkib bilan yuzma-yuz to‘qnashib, oqibatda 57 kishi halok bo‘lgan. Bu voqea temir yo‘l sohasiga yillar davomidagi e’tiborsizlik uchun ommaviy norozilik keltirib chiqargan edi. Halokatdan keyin konservativ hukumat temir yo‘llarni isloh etib, xavfsizroq qilishga va’da berdi. Afsuski, oradan bir yil o‘tsa-da, va’da bajarilmagan.
– Hukumat boshlig‘i, fuqaro va ota sifatida mamlakat qayg‘usiga sherikman, – dedi Bosh vazir Kiriakos Misotakis televideniye orqali murojaatida. Shuningdek, u davlatning doimiy kamchiliklarini tuzatishga va’da bergan. Namoyishchilar bir yo‘la davlat sektorida 14 yildan so‘ng birinchi marta maosh yetarli darajada oshirilmaganiga qarshi norozilik bildirishdi. Ular ta’kidlashicha, ish haqini 10 foiz oshirish kerak, chunki o‘sish yashash narxi oshishi bilan teng emas. Konservativ hukumat 2019 yil ish boshlagandan beri, eng kam oylik maoshni 20 foiz oshirib, 780 yevro (844 dollar)ga yetkazdi. 2027 yilga borib oylik ish haqini 950 yevrogacha ko‘tarish va’dasi berildi. Baribir, mamlakatda oylik maosh haliyam Yevropa Ittifoqi o‘rtacha darajasidan orqada.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring