30
Turkiya tashqi ishlar vaziri HAMAS siyosiy byurosi raisi bilan uchlashdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Tomonlar G‘azo sektorida sulhni tezroq o‘rnatish imkoniyatlari, Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va mahbuslarni ozod qilish masalalarini muhokama qildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Bu haqda Anadolu Turkiya TIVdagi diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
Tomonlar G‘azo sektorida sulhni tezroq o‘rnatish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va mahbuslarni ozod qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, mintaqada doimiy tinchlik o‘rnatish maqsadi bilan ikki davlat tuzishga asoslangan kelishuv mavzusi ko‘rib chiqilgan.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring