+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
22-01-2024, 15:15
39

Turkiya banklari hali ham Rossiyadan pul qabul qilmayapti


To‘lov o‘tkazmalari bilan bog‘liq muammolar Turkiya va Rossiyaning xususiy sektordagi qo‘shma loyihalariga tahdid solmoqda, deb yozadi «RIA Novosti» Rossiya bozorida faoliyat yurituvchi turk kompaniyasidagi manbaga tayanib.

Ekonomim gazetasi avvalroq turk banklari Rossiyadan pul o‘tkazmalarini qabul qilmayotgani, eksportchilar esa Rossiya bozoriga yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lov ololmasligi haqida xabar bergan edi. 1 yanvardan boshlab tranzaksiyalar to‘xtatildi.

Manbaning aytishicha, hozirda davlat banklari to‘lovlarni qisman qabul qila boshlagan, xususiy banklar esa 25 yanvardan keyin tranzaksiyalarni rasmiylashtirishni boshlashlari mumkin.

Bank sohasi vakillari G‘arb davlatlari Turkiyaga sanksiyalarga rioya qilish uchun kuchli bosim o‘tkazayotganini tasdiqladi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта