30
Eronning Moskvadagi elchisi HAMAS terrorchilari delegasiyasi bilan uchrashdi
Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jaloliy delegasiya tarkibida Moskvaga kelgan Falastin terror tashkiloti HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Musa Abu-Marzuk bilan uchrashdi. Terrorchilar vakillari, jumladan, Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan muzokaralar olib bordi.
Kazem Jaloliy G‘azo sektoridagi falastinlik arablarni mustahkamligi uchun olqishladi va Tehron ularni va umuman «qarshilik harakati»ni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb yozadi Tehran Times.
Eron elchisi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni G‘azo sektoridagi janglarni zudlik bilan to‘xtatish uchun harakat qilishga chaqirdi.
Eron 7 oktabr kuni 1200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan XAMASning Isroilga hujumini qoralamadi. G‘ayriinsoniy shafqatsizlik bilan kechgan bu dahshatli hujumga javoban Isroil armiyasi terrorizmga qarshi operasiya boshladi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring