2023 yilda Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi rekord o‘rnatdi va qariyb 60 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2022 yildagi ko‘rsatkichlardan deyarli ikki baravar ko‘pdir, deb yozadi «RIA Novosti» Hindiston sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga tayanib.
Shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan katta nomutanosiblik saqlanib qolmoqda. 59,7 milliard dollardan Rossiyaga Hindiston eksporti 3,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan 1,4 baravar ko‘pdir. Hindiston Rossiya Federasiyasiga dori-darmonlar, po‘lat buyumlar, korund, qisqichbaqalar va keramika yetkazib berdi.
Rossiya Hindistonga 56 milliard dollarlik mahsulot, asosan, neft, neft mahsulotlari, ko‘mir, o‘g‘it va olmos yetkazib berdi.
Tovarlarning bunday nomutanosibligi mustamlakachi imperiyalar davrida, ona davlatlar mustamlakalardan xom ashyo olib chiqib, u yerga tayyor mahsulot yetkazib berganda yuzaga kelgan.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring