+33° Kechasi +15°
Andijon (Bugun, 28 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 957.14 so'm (+29.97 so'mga)
156.56 so'm (+0.83 so'mga)
14 702.47 so'm (-15.11 so'mga)
27-02-2024, 12:09
85

AQSh Kongressiga Baydenni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha rezolyusiya taqdim etiladi

Deputat Ken Bak Fox News Digital telekanaliga dushanba kuni Bayden Vazirlar Mahkamasini Konstitusiyaga 25-o‘zgartirish kiritishga chaqiruvchi rezolyusiyani taqdim etishni rejalashtirayotganini aytdi.

Buning sababi sifatida u maxsus prokuror Robert Xurning Baydenning maxfiy hujjatlar bilan ishlagani haqidagi hisobotini keltirdi. Hisobotda prezidentga qarshi hech qanday ayblovlar yo‘q, lekin uni xotirasi zaif, qarigan rahbar sifatida qayta-qayta tasvirlagan.

Bakning so‘zlariga ko‘ra, hisobot "ko‘p amerikaliklar uzoq vaqtdan beri o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan narsalarni tasdiqladi: Prezident Bayden endi o‘z idorasining muhim vazifalarini muvaffaqiyatli bajara olmaydi".






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта