+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 12 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 822.98 so'm (+13.93 so'mga)
131.24 so'm (+0.68 so'mga)
13 823.17 so'm (+57.28 so'mga)
27-02-2024, 11:49
28

Rossiya YEOII bilan raqamli valyutalarda to‘lovlarni sinab ko‘rishga tayyor — Rossiya moliya vaziri

Rossiya Xitoy, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan raqamli valyutalarda to‘lovlarni sinovdan o‘tkazishga tayyor, deya ma’lum qildi.

Maqsad - BRIKS mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiladigan, hech kim ta’sir o‘tkaza olmaydigan mustaqil moliyaviy infratuzilmaga ega bo‘lish.

“Raisligimiz doirasida biz ilgari suradigan kun tartibi - moliyaviy, hisob-kitob va to‘lov tizimini takomillashtirish bo‘lib, u hozirgi parchalanish sharoitida BRIKS doirasidagi savdo ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz bo‘lar edi. Siyosatdan tashqari, G‘arbning do‘stona bo‘lmagan infratuzilmasidan mustaqil tizimlar”, — dedi u agentlikka bergan intervyusida.

Siluanovning so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy texnologiyalar oldinga katta qadam tashlab, foydalanuvchilarga keng ko‘lamli vositalarni, jumladan, innovasion to‘lov va hisob-kitob infratuzilmasini shakllantirishni ta’minladi. U yerda to‘lovlarni ancha tez va arzonroq qilish mumkin.

BRIKS mamlakatlari uchun bu tashqi savdoda to‘lovlar va hisob-kitoblarning zamonaviy variantiga aylanadi.

“Uning ishtirokchilarining moliyaviy tizimlarini bog‘laydigan platforma yaratish taklif qilinmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bunga imkon beradi. Masalan, markaziy banklarning raqamli valyutalarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun texnologik shlyuzlari allaqachon ishlamoqda. Biz BRICSBridge tizimini yaratishni taklif qilamiz, u BRIKS institutlari asosida bizning mamlakatlarimiz uchun mavjud bo‘lib, tegishli darajada tenglikni ta’minlaydi va savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi”, — dedi Rossiya Moliya vazirligi rahbari.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта