41
Desantis prezidentlik poygasidan chiqdi va Trampni qo‘llab-quvvatladi
Florida gubernatori Ron DeSantis yakshanba kuni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashni tark etishini va sobiq prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.
DeSantis qarorini o‘zining X (sobiq Twitter) akkauntida e’lon qildi.
Respublikachilar partiyasidan Nikki Xeyli Donald Tramp bilan raqobatlasha oladigan yagona raqib sifatida qolmoqda. Xeyli Trampdan farqli ravishda Ukrainaga harbiy yordamni oshirish va tezlashtirish tarafdori.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring