+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
22-01-2024, 11:44
30

ISW: Rossiya Shimoliy Koreya bilan aloqalarini snaryadlar yetishmasligi sababli faollashtirmoqda

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) navbatdagi hisobotida Rossiya KXDR bilan hamkorlikni kuchaytirayotgani haqida yozmoqda.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi departament rahbari bilan uchrashuvda yaqin orada KXDRga tashrif buyurishga tayyorligini bildirganini xabar berdi.

“Putin Pxenyanga oxirgi marta 2000 yilda rasmiy tashrif bilan borgan. Uning ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga yana qiziqa bishlashi Rossiyaning o‘q-dorilar sotib olish borasidagi sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘lishi kerak”, deb yozadi ekspertlar.

Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibiskiy o‘tgan haftada KXDR o‘tgan yilning sentyabridan noyabriga qadar Rossiyaga millionta artilleriya snaryadlari yetkazib berganini aytgandi. Janubiy Koreya razvedkasi o‘z hisobotida noyabr oyida xuddi shu raqamni keltirgan.

Skibiskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mudofaa sanoati yiliga jami 2 million dona 122 mm va 155 mm kalibrli snaryadlar ishlab chiqarishi mumkin. Xorijdan xarid qilinganiga qaramay, 2023 yilda Rossiyada 500 ming snaryad yetishmovchiligi kuzatildi va bu taqchillik 2024 yilda ham davom etishi kutilmoqda.

Rossiya hukumati Shimoliy Koreyadan o‘q-dori sotib olganini inkor etmoqda.
Top.Mail.Ru Анализ сайта