Butun dunyoda 21-yanvar kuni muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning Rossiyaga qaytganining uch yilligi munosabati bilan “Putinsiz Rossiya” umumiy shiori ostida mitinglar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "DW" xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi piketlar Avstraliya va Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan va unda bir necha o‘nlab odamlar qatnashgan. Tbilisidagi aksiya Gruziya parlamenti binosi yonida bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilar urush va Putinga qarshi, shuningdek, Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi plakatlarni ushlab turishgan.
Erevan, Krakov, Riga, Tallin, Vilnyus, Dublin, Parij va boshqa Yevropa shaharlarida ham mitinglar bo‘lib o‘tgan. Berlinda Brandenburg darvozasiga bir necha yuz kishi kelgan. Odamlar "Putinsiz Rossiya", "Yo‘qolsin urush" va "Navalniyga ozodlik" plakatlarini olib kelishgan. Shimoliy va Janubiy Amerika shaharlarida ham aksiyalar e’lon qilingan.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring