Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy tashrifiga e’tibor qaratdi. Bu Pxenyan tashqi ishlar vaziri Moskvada bo‘lgani va KXDR yetakchisining o‘tgan yili Rossiyaga safari ortidan sodir bo‘lmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan hafta boshida Rossiyada Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choye Son Xui bilan uchrashganida Pxenyanga tashrif buyurishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat matbuoti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Putin KXDR rahbari Kim Chen Inga taklif uchun minnatdorchilik bildirgan.
Ehtimoliy tashrif sanasi belgilanmagan, biroq KCNA mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib, tashrif tez orada sodir bo‘lishini ma’lum qilgan.
Bu Rossiya rahbarining yigirma yildan ortiq vaqt ichida Shimoliy Koreyaga ilk safari bo‘ladi. Oxirgi marta Putin Pxenyanga 2000-yil iyul oyida Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir bilan uchrashish uchun tashrif buyurgan edi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring