+25° Kechasi +12°
Andijon (Bugun, 24 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 890.43 so'm (+11.47 so'mga)
156.04 so'm (-2.35 so'mga)
14 720.87 so'm (-80.92 so'mga)
26-02-2024, 17:20
38

Peskov: Navalniyning jasadini topshirishga Kremlning aloqasi yo‘q

Aleksey Navalniyning jasadini onasiga topshirishga Kremlning aloqasi yo‘q. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “Report” Rossiya OAVlariga tayanib.

U siyosatchi tarafdorlarining jasadni topshirish vaqtida Kreml ishtiroki haqidagi bayonotini absurd deb atadi:

“Kremlning bunga aloqasi yo‘q, shuning uchun Kreml unga hech qanday bosim o‘tkaza olmaydi. Bu ularning navbatdagi absurd ayblovi. Menimcha, ularning barchasi u yoki bu tarzda qidirilmoqda, deyarli barchasi xorijda, shuning uchun ularning bayonotlariga shunga yarasha munosabatda bo‘lish kerak”.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugiga qarashli Karp aholi punktidagi koloniyada vafot etgan edi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта