+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
22-01-2024, 10:40
38

Astronomlar Somon yo‘lida noma’lum ob’ektni topdilar

Britaniya va Germaniya astronomlari jamoasi Somon yo‘lida barcha ma’lum neytron yulduzlaridan og‘irroq va eng yengil qora tuynukdan yengilroq bo‘lgan noma’lum yangi ob’ektni topdilar, deb xabar beradi BBC.

Ushbu ob’ekt millisekundlik pulsar (aylanish davri 1 dan 10 millisekundgacha bo‘lgan pulsar) atrofida aylanadi va bizdan 40 000 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.

Ob’ektni kashf etgan Manchester universiteti va Myunxendagi Maks Plank instituti tadqiqotchilari taxminicha, bu bu Eynshteynning nisbiylik nazariyasining yana bir bor tekshirib, qor tuynukga yangi tushuncha shakllantirishga yordam beradigan pulsar va qora tuynukning ilk ikkilik tizimi.

"Pulsar-qora tuynuk tizimi tortishish nazariyasining muhim sinovidir va og‘ir neytron yulduzi yadro fizikasiga juda yuqori zichlikdagi jarayonlar haqida yangi tushunchalar beradi", - deb bashorat qildi Manchester universiteti astrofizigi, professor Ben Stappers.



Top.Mail.Ru Анализ сайта