2027-2029 yillarda O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» Axborot agentligi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-20 yanvar kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegasiya Uganda poytaxti Kampala shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammitida ishtirok etgan.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan, shuningdek, global miqyosda tinchlik va barqarorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda Qo‘shilmaslik harakatning mavjud salohiyatidan foydalanish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston delegasiyasi 2027-2029 yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Harakatning barcha a’zolariga minnatdorlik bildirib, ishtirokchilarni O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot bergan.
Ma’lumot uchun, Qo‘shilmaslik harakati sovuq urush yillarida AQSh yoki SSSR ta’siriga qarshi turish maqsadida, 1961 yil sentyabrida Belgraddagi konferensiyada tuzilgan. Uning tarkibiga NATOga yoki Varshava kelishuviga a’zo bo‘lishni istamagan davlatlar — jumladan, Yugoslaviya, Hindiston va Misr kabi yirik davlatlar kirgan. Hozirda Qo‘shilmaslik harakati harbiy bloklarga kirishni istamagan 120 davlatni o‘zida birlashtiradi, 17 davlat va 10ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomiga ega hisoblanadi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring