Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida “Tolibon” a’zolari ruhiy kasallikdan aziyat chekkan keksa odamni o‘ldirdi. Bu haqda manbalarga tayanib, Etilaatroz xabar berdi.
Keksa odam “Tolibon” hukumatini haqorat qilganlikda ayblangan. Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiylari mazkur ma’lumotni rad etmoqda. Manbalarga ko‘ra, marhum 21 yanvar kuni ertalab Mozori Sharifdagi Alkozi chorrahasi hududida otib o‘ldirilgan. Mahalliy aholining kamida uchta manbasi qurbon uzoq yillar davomida Mozori Sharif ko‘chalarida aylanib, o‘zi bilan o‘zi gaplashib yurishini aytgan.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon” a’zolari ruhiy kasallikka chalingan odamni hukumatni haqorat qilishda ayblagan. Balxdagi “Tolibon” xavfsizlik qo‘mondonligi matbuot kotibi Osif Vaziriy marhum o‘ldirilgani haqidagi da’voni hech qanday izohsiz rad etdi va “bu haqiqat emas” dedi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring