24
Erdog‘an: Isroil G‘arb davlatlarining ko‘magida G‘azo xalqini o‘ldirmoqda
Isroil ma’muriyati G‘arb davlatlarining so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi bilan blokadadagi G‘azo sektorining bir hovuch yerlarga siqib qo‘yilgan aholisini shafqatsizlarcha yo‘q qilmoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar axborot vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari hozirda G‘azo sektorida 30 dan ortiq falastinlik shafqatsizlarcha o‘ldirilgan, 70 mingdan ortiq kishi jarohatlanganini ta’kidladi.
Prezident ushbu uchrashuv butun matbuot hamjamiyatiga, xususan, bosib olingan Falastin hududlarida jurnalistik faoliyatini olib borishga harakat qilayotgan OAV vakillari uchun foydali bo‘lishini tiladi.
Erdo‘g‘an 7-oktabrdan buyon G‘azo va Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida vahshiyliklar sodir bo‘layotganini qayd etdi.
«Isroil tomonidan o‘ldirilgan g‘azoliklarning aksariyati bolalar, ayollar va qariyalardir. Isroil ishg‘ol kuchlari nafaqat begunoh tinch aholini, balki yerda bo‘layotgan voqealarni dunyoga yetkazishga harakat qilayotgan matbuot vakillarini ham nishonga olmoqda. Erkin matbuotning ovozini o‘chirish uchun Isroil tomonidan o‘ldirilgan OAV vakillari soni 100 dan oshadi», — dedi davlat rahbari.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring