Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shanba kuni Kiyevda Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni bilan uchrashdi.
«Italiya hukumati rahbari Jorjiya Maloni bilan uchrashuvlarimiz doimo mazmunli. Ikki tomonlama xavfsizlik bitimining imzolanishi bugungi muhim natija bo‘ldi. Ushbu hujjat Ukraina va Italiya o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi», — deb yozdi Zelenskiy Telegram’da.
Davlat rahbarining aytishicha, u va Meloni Italiyaning G7ga raisligi kontekstida Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilgan.
«Italiyaga Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani, jumladan, davlatimizning mudofaa qobiliyati va tiklanishi hamda 2024 yil oxirigacha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etgani uchun minnatdorchilik bildiraman», — deya qo‘shimcha qildi u.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring