Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tijorat maqsadlarida tashish uchun ruli o‘ng tomonda o‘rnatilgan avtomashinalardan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.
Hujjat yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ishtirokida og‘ir oqibatlarga olib keladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va transport faoliyatini nazorat qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ichki ishlar vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari ishtirokida 276 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 24 kishi halok bo‘lgan, 619 kishi jarohatlangan.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi avtotransport vositalari ishtirokida og‘ir oqibatlarga olib keladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida respublika hududida belgilangan aholi yashash punktlarida 60 km/soat dan ortiq, aholi yashash punktlaridan tashqarida 90 km/soat dan oshmaydigan majburiy tezlik me’yorlariga rioya qilish maqsadida tezlikni cheklovchi moslama bilan jihozlanmagan avtobuslarning liniyada harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik taklif etiladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring