Avstriyaning sobiq kansleri Sebastyan Kurs sud tomonidan «Ibisa-geyt» deb nomlanuvchi shov-shuvli korrupsiya ishi bo‘yicha tergov olib borayotgan parlament qo‘mitasiga yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybdor deb topildi. 23 fevral, juma kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Vena sudi sobiq hukumat rahbarini bu borada sakkiz oylik shartli muddatga hukm qildi.
Ayblov ÖBAG davlat investisiya holdingi kuzatuv kengashiga tayinlovlarga tegishli, deya aniqlik kiritadi AFP. Shu bilan birga, Sebastyan Kurs o‘zining ishonchli odami Tomas Shmidni holding direktorlar kengashiga tayinlash ayblovi bo‘yicha oqlandi.
Kursning vazirlar mahkamasi sobiq rahbari Bernxard Bonelli ham parlament qo‘mitasi oldida yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybdor deb topildi. Sud uni olti oyga shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Ikkala holatda ham sinov muddati - uch yil.
Sud majlisida Kurs o‘z aybini tan olmasligini ta’kidladi. «Bu meni juda hayratda qoldirdi. Buni adolatli emas deb hisoblayman», dedi u keyinroq hukmni sharhlar ekan. «Keyingi bosqichda o‘zimizni haq ekanligimizni isbotlashimizga juda optimistik qarayapman», - deya qo‘shimcha qildi sobiq kansler. Kursning advokatlari avvalroq apellyasiya berish niyatini bildirgan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring