Turkiyadagi zilzila paytida qulab tushgan uyni qurgan pudratchi Muslim Demirer 18 yilu 1,5 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi yozgan.
Bir yil avval sodir bo‘lgan dahshatli zilzila paytida mintaqadagi uylarning vayron bo‘lgani bo‘yicha sud jarayoni hamon davom etmoqda.
Shanliurfada uy qulab tushdi va 34 kishi halok bo‘ldi. Bino qurilishiga mas’ul bo‘lganlardan uch nafari zilziladan oldin vafot etgan.
Dastlab sud Muslim Demirerni 21 yil 9 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Demirerning o‘g‘li ham zilzila paytida uylarning qulashi oqibatida halok bo‘lgan. Sud ushbu holatni inobatga oldi va pudratchiga berilgan muddatni qisqartirdi. Prokurorlar va marhumning yaqinlari suddan Demirerga eng og‘ir jazo tayinlashni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 6 fevralida Turkiyaning janubi-sharqida, episentri Qahramonmarashda bo‘lgan 7 magnitudali ikkita yirik zilzila sodir bo‘lgan. Zilzilalar mamlakatning 10 ta provinsiyasida, shuningdek, qo‘shni davlatlarda, jumladan Suriyada ham sezilgan.
Turkiyada zilzila paytida turar-joy binolarining qulashi bilan bog‘liq 269 kishi hibsga olingan. Zilzila oqibatida yetkazilgan moddiy zarar ikki trillion turk lirasini (105 milliard dollar) tashkil qildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring