+10° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 30 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 865.05 so'm (+16.67 so'mga)
116.73 so'm (-3.34 so'mga)
13 550.76 so'm (+38.12 so'mga)
23-02-2024, 23:03
25

Shri-Lanka Eron nefti uchun qarzini qisman choy bilan qopladi

Shri-Lanka hukumati 251 million dollarlik neft qarzining bir qismini to‘lash uchun Eronga 20 million dollarlik choy eksport qilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Middle east monitor.

“Tovar ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha Eronga 20 million dollarlik choy eksport qilindi”, - dedi Shri-Lanka bosh vaziri Dinesh Gunavardena Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullaxon bilan muzokaralardan so‘ng.

Shartnoma ikki davlat o‘rtasida 2021 yil dekabrda tuzilgan edi, biroq choy eksporti Kolombodagi iqtisodiy inqiroz tufayli kechiktirildi va prezident Gotabaya Rajapaksa 2022 yil iyul oyida iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

Barter kelishuvi G‘arb sanksiyalari ostidagi Eronga choy importi uchun to‘lovni qattiq valyutadan foydalanishdan qochish imkonini beradi.

Shri-Lanka rasmiylari avvalroq choyni neftga almashtirish AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarini buzish emasligini, chunki choy oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, qora ro‘yxatga kiritilgan Eron banklari bilan shug‘ullanishga hojat yo‘qligini aytishgan.

Orol 2022 yil aprelda 46 milliard dollarlik tashqi qarzni to‘lamagan va o‘tgan yilning boshida Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) 2,9 milliard dollarlik yordam olgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта