28
Sankt-Peterburgda otib ketilgan 41 yoshli o‘zbekistonlik erkak kasalxonada vafot etdi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi otib ketilganligi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, komaga tushgan jabrlanuvchini hayotga qaytarish uchun choralar ko‘rilganiga qaramasdan, erkak kecha, 22 fevral kuni shifoxonada jon bergan.
Tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, vafot etgan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Viktor Patrushev ism-sharfli advokatning haydovchisi bo‘lib ishlab yurgan. Taxminlarga ko‘ra, noma’lum qotil uni haydovchini advokat deb o‘ylagan. Chunki advokat firibgarlikka aloqasi borligi aytilmoqda. Ammo bu hali shunchaki taxmin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring