20
Turkiyaning beshinchi avlod «KAAN» qiruvchi samolyoti ilk bor havoga ko‘tarildi
Turkiyada ishlab chiqarilgan beshinchi avlod «KAAN» qiruvchi samolyoti birinchi parvozini muvaffaqiyatli yakunladi.
Qiruvchi samolyot Anqara yaqinidagi Myurted havo bazasidan birinchi marta havoga ko‘tarildi va qisqa sinovdan so‘ng aerodromga qaytdi. Turkiya «KAAN» samolyoti bilan beshinchi avlod samolyotlarini ishlab chiqaruvchi besh davlat qatoriga qo‘shildi.
Yangi avlod qurollarining integrasiyasi tufayli «KAAN» tovushdan yuqori tezlikda aniq zarbalar bera oladi. Sun’iy intellekt tizimlari va neyron tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash samolyotni qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlaydi.
«KAAN» dasturini amalga oshirish doirasida Turkiyada bort jihozlarini chaqmoq ta’sirida sinovdan o‘tkazish, shuningdek, radar nazorati sinovidan o‘tkazish uchun dunyodagi eng yirik parvoz sinov markazlaridan biri tashkil etiladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring