+14° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 865.05 so'm (+16.67 so'mga)
116.73 so'm (-3.34 so'mga)
13 550.76 so'm (+38.12 so'mga)
22-02-2024, 11:15
20

AQSh Meksika bilan chegarada immigrasiya siyosatini kuchaytirishga tayyorlanmoqda

AQSh prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati muhojirlarning AQSH-Meksika chegarasida boshpana so‘rashini qiyinlashtirish uchun Kongresssiz bir tomonlama choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda amerikalik uch amaldorga tayanib, «NBC News» xabar berdi, deb yozadi «Report».

Agar bu choralar qabul qilinsa, AQSh rasmiylari mezonlarga javob bermaydigan yangi kelgan muhojirlarni tezda deportasiya qilishlari mumkin bo‘ladi. Maqsad janubiy chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan muhojirlar sonini kamaytirish.

AQSh Fuqarolik va Immigrasiya Xizmatlari xodimlaridan boshpana izlovchilarni dastlabki tekshirish vaqtida intervyu standartlarini oshirish talab qilinadi.

Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy immigrasiya muammosi bo‘yicha keskinlik kuchaygan bir paytda, Texas hukumati chegarani noqonuniy kesib o‘tish oqimining ko‘payishidan xavotir bildirdi.

Respublikachilar milliy manfaatlarni himoya qilish uchun immigrasiya siyosatini kuchaytirish va chegara xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidlamoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта