Turk dengiz floti Somalining dengizlarini 10 yil davomida himoya qiladi.
«Report» ning «Anadolu» agentligiga tayanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud Turkiya bilan mudofaa va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha doiraviy bitim mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi.
“Turk qardoshlarimiz ikki davlat o‘rtasida imzolangan mudofaa va iqtisodiy hamkorlik shartnomasi doirasida 10 yil davomida dengizlarimizni himoya qiladi. 10 yillik hamkorlikdan keyin dengizlarimizni himoya qiladigan flotga ega bo‘lamiz", dedi u.
Uning qayd etishicha, kelishuv terrorizm, xorijiy tahdidlar, qaroqchilik va noqonuniy baliq ovlash bilan kurashish, qirg‘oqlarni himoya qilish va dengiz resurslarini rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga Mahmud hujjatda Efiopiya yoki boshqa davlatga qarshi dushmanlik maqsadi yo‘qligini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring