22
Qo‘shma Shtatlarda 1582 kishi qatl etilgan, 2333 kishi esa qatl etilishini kutmoqda
Qo‘shma Shtatlar o‘lim jazosini qo‘llaydigan yagona rivojlangan davlatdir.
Bu haqda “Deathpenaltyinfo.org” portali ma’lumot berdi, deb yozadi «Report».
Shunday qilib, 1976 yildan 2024 yil 3 yanvarigacha mamlakatda 1582 mahbus qatl etilgan. Jazolarning 1402 tasi in’eksiya yo‘li bilan o‘tkazilgan. Eng kam tarqalgani osish va otishdir - har biri 3 ta holatda.
Birgina o‘tgan yilning o‘zida 24 kishi qatl etilgan. O‘lim jazolarining maksimal soni 1999 yilda amalga oshirilgan - 98 mahbus.
Qatl etilgan soni bo‘yicha Texas 586 kishi bilan yetakchilik qilmoqda. Qayd etilishicha, hozirda AQShda 2333 kishi qatl etilishini kutmoqda. Ulardan 665 nafari Kaliforniyadagi hibsxonalarda saqlanmoqda.
Shu bilan birga, 1973 yildan beri o‘lim jazosiga hukm qilingan 196 nafar shaxsning ishi ko‘rib chiqilib, oqlandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring