AQSh barqaror bo‘lmagan iqtisodiy ko‘rsatkichlar tufayli resessiya xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda Texas temir yo‘l komissiyasining sobiq komissari Rayan Sitton (mamlakatdagi eng yirik neft qazib oluvchi davlatning neftni tartibga soluvchi organi) ma’lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
AQShda resessiya ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, u "Men hali ham resessiya (xavf - tahr.) mavjudligiga ishonaman", dedi.
Sobiq amaldorning ta’kidlashicha, iste’mol qarzi tarixdagi eng yuqori darajada, Federal zaxira tizimi foiz stavkalari yuqoriligicha qolmoqda va aholi uy-joy sotib olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
Bundan tashqari, Sitton bu omillar tanazzuldan qo‘rqish bilan birga AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga ham ta’sir ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.
Resessiya ("turg‘unlik") — iqtisodiyotning barqaror (olti oydan ortiq) pasayishi, ishbilarmonlik faolligining pasayishi, ishlab chiqarishning o‘rtacha pasayishi, shuningdek, kompaniyalarning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan tavsiflangan holati.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring