24
Qozog‘istonda bolalar qotillari uchun umrbod qamoq jazosi joriy etiladi
Qozog‘iston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) birinchi o‘qishda qonunchilikda pedofiliya va bolalarni o‘ldirganlik uchun faqat umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi tuzatishlarni qabul qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Gap «Ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi haqida bormoqda. Unda, jumladan, voyaga yetmagan yoki nochor holatda bo‘lgan shaxsni qiynoqqa solish, sog‘lig‘iga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi zarar yetkazganlik uchun qamoq jazosi nazarda tutilgan. Hozir bunday jinoyatlar uchun erkinlikni cheklash yoki shartli jazo berilishi mumkin, yangi qonunda ushbu bandlar chiqarib tashlanadi.
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirish yoki pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi muqobili bo‘lmagan jazo joriy etiladi.
Shu bilan birga, salomatlikka yengil zarar yetkazganlik uchun, shuningdek, do‘pposlaganlik uchun jinoiy javobgarlik tiklanmoqda.
O‘z joniga qasd qilishga undaganlik yoki o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib etganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan bulling yoki kiberbulling uchun ham ma’muriy jarima qo‘llanadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring