+14° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 865.05 so'm (+16.67 so'mga)
116.73 so'm (-3.34 so'mga)
13 550.76 so'm (+38.12 so'mga)
21-02-2024, 18:27
19

AQShning gumanitar yordam olib ketayotgan kemasiga huciylar hujum qildi


Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Ansorulloh» harakati (husiylar) isyonchilari gumanitar yordam olib ketayotgan kemaga hujum qildi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

Markaziy qo‘mondonlikning ma’lum qilishicha, 19 fevral kuni hutiylar Aden portiga yo‘l olgan Gresiya bayrog‘i ostidagi «M/V Sea Champion» yuk kemasiga ikkita kemaga qarshi ballistik raketa otgan.

Xabarda qayd etilishicha, raketalardan biri kema yaqinida portlab, kichik zarar yetkazgan, biroq kema Yamanga don yetkazib berish uchun yo‘lida davom etgan.

«Biz Husiylarning Yamanga oziq-ovqat va insonparvarlik yordami olib o‘tilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotgan yomon niyatli harakatlariga qarshi turishga qaror qildik», — deyiladi xabarda.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта