20
Navalniyning o‘limidan keyin Putin JIFX direktor o‘rinbosariga yangi unvon berdi
Rossiya Jazolarni ijro etish federal xizmati (JIFX) rahbari o‘rinbosari Valeriy Boyarinev ichki xizmat general-polkovnigi bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Boyarinevga yangi unvonni taqdim etish haqidagi farmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 19 fevral kuni — siyosatchi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etganidan keyin uch kun o‘tib imzolangan.
Valeriy Boyarinev JIFX direktori birinchi o‘rinbosari lavozimini 2022 yil iyulidan buyon egallab keladi. Bungacha u 2015 yildan JIFX rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan avval esa JIFXning qamoqxonalar va tergov izolyatorlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha boshqarmasini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, Yamal-Nenes okrugi bo‘yicha JIFX boshqarmasi 16 fevral kuni Navalniy koloniyada vafot etgani haqida e’lon qildi. Siyosatchining jasadi o‘lim yuz bergan holatni o‘rganish bahonasi ostida uning oilasiga berilmayapti.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring