+29° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 26 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 927.17 so'm (+36.74 so'mga)
155.73 so'm (-0.31 so'mga)
14 717.58 so'm (-3.29 so'mga)
21-02-2024, 08:23
42

Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib o‘ldirdi

Hamkasblari uni qutqarishga harakat qilishgan, lekin arslon hayvonot bog‘i xodimini achinarli darajada g‘ajib tashlagan edi.

Veterinariya texnologi bo‘lgan Olavuyi sherlar tug‘ilganidan beri ularga g‘amxo‘rlik qilib kelgan.

Ayni paytda universitet jamoatchiligi marhum uchun motam tutmoqda va oliygoh rahbari Olavuyining oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Universitet professori Adebayo Simeon Bamire voqeani eshitib xafa bo‘lganini aytdi va tezkor tergov o‘tkazishga va’da berdi.

Talabalar kasaba uyushmasi rahbari Abbos Akinremi mamlakatning “Vanguard” gazetasiga ma’lum qilishicha, hayvonot bog‘i xodimi sherlarni ovqatlantirayotgan mahal eshikni qulflashni unutgan va darhol vajohatli och sherning hujumiga uchragan.

Nigeriya shimolida joylashgan Kano shahridagi hayvonot bog‘ida 50 yildan beri sherlarga qarab kelayotgan Abba Gandu sodir bo‘lgan voqeani baxtsiz hodisa deb atadi va qo‘shimcha xavfsizlik choralari zarurligini aytdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта