39
G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 29 195 nafarga yetdi
2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida 29 195 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 69 170 nafari yaralandi. Bu haqda seshanba kuni G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sinxua agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylarining hujumlari natijasida so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida 103 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 142 nafari yaralangan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, tez yordam brigadalari yetishmasligi sababli, ba’zi qurbonlar hamon Isroil hujumidan kelib chiqqan vayronalar ostida qolmoqda.
IDFning ma’lum qilishicha, 22 yoshli askar G‘azodagi janglarda olgan jarohatlari tufayli halok bo‘lgan. Shu tariqa, halok bo‘lgan isroillik askarlar soni 236 nafarga yetdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring