+15° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 865.05 so'm (+16.67 so'mga)
116.73 so'm (-3.34 so'mga)
13 550.76 so'm (+38.12 so'mga)
21-02-2024, 07:53
21

Myanma BRIKSga qo‘shilish niyatida

Myanma BRIKSga qo‘shilishdan va blok mamlakatlari o‘rtasida to‘lovlar uchun yagona valyuta yaratish g‘oyasidan jiddiy manfaatdor. Bu haqda RIA Novostiga sarmoyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Kan Zo ma’lum qildi.

“2023-yil may oyidan boshlab biz SHHTda muloqot bo‘yicha hamkor sifatida tan olindik. Biz BRIKS va uning rivojlanishini ham o‘rganamiz. Bundan tashqari, biz BRIKS va BRIKS yagona valyuta tashabbusidan manfaatdormiz”, - dedi u.

Myanma ham inson huquqlarini buzgani uchun sanksiyalar ostida, biroq Rossiyadan kamroq darajada.

Blokga dastlab Rossiya, Hindiston, Xitoy, Braziliya va Janubiy Afrika kirgan bo‘lsa, o‘tgan yili ularga Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Efiopiya va Misr qo‘shildi. Argentina yangi prezident saylanganidan keyin tashkilotga a’zo bo‘lishdan bosh tortdi. BRIKS 2025-yilda yagona valyutani joriy qilish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта