+15° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 865.05 so'm (+16.67 so'mga)
116.73 so'm (-3.34 so'mga)
13 550.76 so'm (+38.12 so'mga)
20-02-2024, 15:33
22

Evropa Rossiya neftini Hindiston orqali faol xarid qilmoqda


Rasmiy darajada Yevropa davlatlari Rossiyadan neft va neft mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatganini da’vo qilmoqda. Biroq, shu bilan birga, energiya eksporti bo‘yicha hech qachon yetakchilar qatoriga kirmagan Hindistonda ushbu mahsulotlarni xarid qilish keskin oshdi.

«RIA Novosti» Yevropa axborot agentliklari ma’lumotlariga tayanib, Buyuk Britaniya «Hindiston» neftini uning asl kelib chiqishi bilan qiziqmay sotib olgani parlamentariylarning g‘azabini qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda.

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqining 27 davlatidan 20 tasi, jumladan Germaniya, Niderlandiya, Italiya va boshqalar sanksiyalar fonida Hindistondan energiya resurslarini xarid qilishni keskin oshirdi.

Hindiston, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, Rossiya neftini sotib olish bo‘yicha etakchi bo‘ldi. Ayni paytda Hindiston Rossiyadan kuniga taxminan 1,75 million barrel neft oladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта