22
Niderlandiyada qamoqxona qo‘riqchilari yetishmasligi sababli ko‘p jinoyatchilar ochiqda qolmoqda
Niderlandiyada jazoni ijro etish muassasalarida xodimlar yetishmasligi sababli 1800 nafarga yaqin mahkum haqiqiy jazoni o‘tash uchun navbat kutmoqda, dedi mamlakatning huquqiy himoya vaziri Frank Uervind parlamentda. Bu haqda NL Times yozdi.
Uning tushuntirishicha, mamlakatda qamoqxona kameralari yetarli, biroq ularni nazorat qiladigan qo‘riqchilar yetishmayapti. Kadrlar yetishmasligi sababli vazir 2023 yil oxirida kameralarni faqat polisiya tomonidan qo‘lga olinganlar, shuningdek, tergov hibsxonasida saqlanayotganlar uchun ajratishni buyurdi.
O‘z aybiga iqror bo‘lib, polisiyaga murojaat qilganlar hozircha qamoqqa tushmaydi. Bunday chora-tadbirlar natijasida vazirning so‘zlariga ko‘ra, ozodlikda qolib, qamoqxonaga jo‘natilishni kutayotgan mahkumlar soni ortib bormoqda. Frank Uervind bu vaziyat qancha davom etishini bilmasligini tan oldi.
Kadrlar taqchilligi butun jamiyatga ta’sir ko‘rsatmoqda va hozirda odamlarni jazoni ijro etish muassasalarida ishlashga jalb qilish va ularni o‘sha erda ushlab qolish choralari muhokama qilinmoqda, deya qo‘shimcha qildi vazir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring