27
BMT sudi Isroilning Falastin hududidagi harakatlarini tekshiradi
BMT Xalqaro sudi 19 fevral, dushanba kuni Isroilning 1967 yildan beri Falastin hududidagi harakatlarining huquqiy oqibatlari bo‘yicha eshituvlarni boshlaydi. Sudda 52 davlat vakillari so‘zga chiqishi kutilmoqda.
2022 yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi jahon tashkilotining Xalqaro sudidan «Isroilning bosib olingan Falastin hududi, jumladan Sharqiy Quddusdagi siyosati va amaliyotidan kelib chiqadigan» huquqiy oqibatlarni baholashni so‘radi. Gap boshqa narsalar qatorida «Isroilning Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini doimiy ravishda buzishi» haqida ketmoqda, deya AFP agentligi BMT Bosh assambleyasi so‘rovidan parchalarni keltiradi. Bundan tashqari, Haaga sudi mavjud vaziyat BMT va boshqa davlatlar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishi kutilmoqda.
Xalqaro sudning maslahat xulosasi majburiy emas. Sud jarayoni HAMAS harakatining hujumiga javoban G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti yuzasidan Isroilga xalqaro huquqiy bosim kuchaygan bir paytda o‘tkazilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring