41
Tunislik advokatlar Isroil rasmiylariga qarshi da’vo qo‘zg‘atmoqda
Tunislik bir guruh advokatlar Isroil rasmiylariga qarshi «Falastin xalqiga qarshi urush jinoyatlari va genosid jinoyatlarini sodir etganliklari» sababli Xalqaro Jinoyat Sudi prokurorlariga jinoiy ariza berdi. Bu haqda jurnalistlarga Tunis milliy advokatlar uyushmasi rahbari Xatem Mazio ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ish 19 fevral kuni ertalab XMKning Gaagadagi bosh qarorgohiga o‘tkazilgan.
«Biz sionistik tuzilmaning falastinliklarga qarshi genosid va urush jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishini ta’minlaymiz», dedi u.
Uning tushuntirishicha, da’vogarlarning maqsadi genosid va urush jinoyatlarida ishtirok etgan Isroil rasmiylarini hibsga olish uchun order va chaqiruv qog‘ozi berishdir.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, shikoyatda G‘azo sektorida tinch aholiga qarshi harbiy jinoyatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud. «Ushbu ma’lumotnomada sionistik tuzilmaning aholini ko‘chirish, himoyasiz tinch fuqarolarini ochlikdan o‘ldirish va xalqaro konvensiyalarda taqiqlangan qurollardan foydalanish kabi ko‘plab harakatlariga oid dalillar mavjud», dedi u.
Mazioning so‘zlariga ko‘ra, tunislik huquqshunoslar Rim statutini Isroil rasmiylariga nisbatan qo‘llash va G‘azodagi tinch aholi himoyasini ta’minlash niyatida.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring