+30° Kechasi +14°
Andijon (Bugun, 27 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 927.17 so'm (+36.74 so'mga)
155.73 so'm (-0.31 so'mga)
14 717.58 so'm (-3.29 so'mga)
19-02-2024, 23:17
42

Pyotr Poroshenkoning Lipeskdagi “Roshen” fabrikasi RF mulkiga o‘tkazildi

Lipesk oblasti sud tizimining Birlashgan matbuot xizmati Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli “«Roshen» Lipesk qandolat fabrikasi” OAJ aksiyalari Rossiya Federasiyasiga o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

Bosh prokuror o‘rinbosarining arizasi bo‘yicha qaror Lipeskning Oktyabr rayon sudi tomonidan qabul qilingan. Sud Rossiyada Pyotr Poroshenko, uning o‘g‘li Aleksey va zavod bosh direktori Oleg Kazakovning faoliyatini ekstremistik deb topib, taqiqladi.

Sud qaroriga ko‘ra, Markaziy Yevropa qandolatchilik kompaniyasi va Oleg Kazakovga tegishli bo‘lgan «Roshen» MCHJ ustav kapitalidagi ulushlari ham Rossiya Federasiyasi daromadiga aylantirilishi kerak. Ma’muriy ish bo‘yicha sud qarori darhol ijro etilishi kerak.

Pyotr Poroshenkoning Roshen qandolat korporasiyasi Lipeskdagi fabrikaga 2001 yildan beri egalik qiladi. 2014 yilda zavodning mol-mulki soxta soliqlarni qaytarish uchun jinoiy ish bo‘yicha hibsga olingan (Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi, o‘n yilgacha qamoq jazosi). 2017 yilda Lipesk qandolat fabrikasi konservasiya qilingandi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта