+30° Kechasi +14°
Andijon (Bugun, 27 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 927.17 so'm (+36.74 so'mga)
155.73 so'm (-0.31 so'mga)
14 717.58 so'm (-3.29 so'mga)
19-02-2024, 23:14
43

Evropa Ittifoqi TikTok ustidan tergov boshladi

Evropa Komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha TikTok`ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Regulyator, xususan, platforma voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilayotgani yoki yo‘qligini tekshiradi, deb xabar beradi Reuters.

«Bugun biz oshkoralik va voyaga yetmaganlarni himoya qilish majburiyatlarini buzganlikda gumon qilib, TikTok`ga nisbatan tergov jarayonlarini boshlaymiz», — dedi yevrokomissar Tyerri Breton o‘z bayonotida.

Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (Digital Service Act, DSA) YEIda 17 fevralda kuchga kirdi, hujjat barcha onlayn platformalar uchun amal qiladi. TikTok`ga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi ijtimoiy tarmoq DSA qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, global daromadining 6 foizigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Tekshiruv TikTok tizimining dizaynini, jumladan, xulq-atvor qaramligini keltirib chiqarishi va «quyon o‘rasi» effektini yaratishi mumkin bo‘lgan algoritmlarni o‘rganadi.

Evrokomissiya, shuningdek, TikTok voyaga yetmaganlarni maxfiylik, xavfsizlik va himoyalanishning yuqori darajasi bilan ta’minlash uchun tegishli va mutanosib choralar ko‘rgan yo ko‘rmaganini ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, tergov tadqiqotchilar potensial onlayn xavflarni o‘rganishi uchun TikTok o‘z platformasida reklama bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar bazasini taqdim etishi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqadi.

Bu Yevrokomissiyasi tomonidan DSA doirasida raqamli platformalarga qarshi boshlangan ikkinchi tergov hisoblanadi. O‘tgan yilning dekabr oyida regulyator X ijtimoiy tarmog‘ini (sobiq Twitter) noqonuniy kontentni olib tashlash, shaffoflik va dezinformasiyaga qarshi kurash bo‘yicha Yevropa standartlarini buzganlikda ayblab, tekshiruv boshlagan edi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта