Rossiyalik marhum siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya jamoatchilikka murojaat qilib, erining ishini davom ettirishini ma’lum qildi. Uning videomurojaati Navalniyning YouTube kanalida e’lon qilindi.
"Men bu joyda bo‘lmasligim, bu videoni yozmasligim kerak edi. Mening o‘rnimda boshqa odam bo‘lishi kerak. Ammo Vladimir Putin u odamni o‘ldirdi. Uch kun oldin Vladimir Putin mening erim Aleksey Navalaniyni, bolalarimning otasini o‘ldirdi. Putin eng qimmatli insonimni mendan ayirdi", — dedi Yuliya Navalnaya.
"Men Aleksey Navalniyning ishini davom ettiraman. Siz bilan birgalikda vatanimiz uchun kurashishda davom etaman. Cizlarni yonimda turishga chaqiraman. Nafaqat bizni o‘rab olgan va qo‘yib yubormayotgan qayg‘u va cheksiz og‘riqni baham ko‘rishni, balki g‘azabimni ham baham ko‘rishingizni so‘rayman", — deya qo‘shimcha qildi u.
Yuliya Navalnaya, shuningdek, tez orada nima uchun Putin Navalniyni o‘ldirganini aytib berishini ta’kidladi. U erining o‘limiga bevosita aloqador bo‘lganlarning shaxsi ham oshkor etilishini qo‘shimcha qildi,
"Biz bu jinoyatni aniq kim va qanday sodir etganini aniqlaymiz, ismlarini aytib, yuzlarni ko‘rsatamiz", — deya va’da berdi Navalnaya.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring