25
Nevalniyning rafiqasi Yevropa Ittifoqi davlatlari vazirlari oldida so‘zga chiqadi
Aleksey Nevalniyning bevasi Yuliya dushanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi.
Evropa Ittifoqining oliy vakili Josep Borellning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi vazirlari shu tariqa «Rossiyadagi ozodlik kurashchilariga kuchli qo‘llab-quvvatlash signalini yuboradi va Aleksey Nevalniy xotirasini hurmat qiladi».
BBCga bergan izohida Borrel Rossiya prezidenti Vladimir Putin Navalniyning o‘limi uchun shaxsan javobgar ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u G‘arb uchun Rossiya rahbarini javobgarlikka tortishning yangi usullarini topish qiyin bo‘lishini tan oldi va Rossiyadagi muxolifatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring