27
Germaniya “Shimoliy oqim 2” loyihasini rejalashtirayotganda davlat sirlari oshkor etilishini tekshiradi
Germaniya Bosh prokuraturasi “Shimoliy oqim 2” gaz quvurini rejalashtirish jarayonida davlat sirlari oshkor etilishi ehtimolini tekshiradi.
Bu haqda Bild yozmoqda.
Qayd etilishicha, 2018 yilning yanvar oyida mamlakat shimolidagi Stralsund shahrining kon boshqarmasi o‘z saytida quvurni rejalashtirish ruxsatnomasini e’lon qilgan.
Gazetaga ko‘ra, hujjatning 556-betida Germaniya Mudofaa vazirligining "maxfiy, faqat rasmiy foydalanish uchun" ma’lumotlari mavjud edi.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bu, xususan, NATO suv osti kemalarining faoliyat yuritish hududlari haqida ma’lumot bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring