+14° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
19-02-2024, 09:11
26

Medvedev Kiyev, Berlin va Londonga zarba berish bilan tahdid qildi

G‘arb bilan urush bo‘lsa, Rossiya Kiyev, Berlin, London, Vashington va yadroviy triada nishonlariga kiritilgan boshqa tarixiy joylarga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Medvedev shu tariqa G‘arb davlatlarining “dunyo Rossiyaning urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaydi” degan bayonotlariga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, G‘arbning Rossiyaga qarshi urushi odatiy urush natijalaridan ko‘ra dahshatliroq oqibatlarga olib keladi.

“Rossiyani 1991 yil chegaralariga qaytarishga urinishlar faqat bitta narsaga olib keladi. G‘arb davlatlari bilan butun strategik arsenalidan foydalangan holda global urushga sabab bo‘ladi. Kiyev, Berlin, London, Vashingtonga, bizning yadroviy triadamizning parvoz nishonlariga uzoq vaqtdan beri kiritilgan boshqa barcha go‘zal tarixiy joylarga (zarba berish — tahrir)”, — dedi Medvedev.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari G‘arb davlatlarini “kech bo‘lmasdan” hammasini Rossiyaga qaytarishga chaqirdi. Aks holda, Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hamma narsani “dushman uchun maksimal yo‘qotishlar bilan qaytaradi — xuddi Avdeevkani qaytargani kabi”.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта