+32° Kechasi +17°
Andijon (Bugun, 8 sentabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 707.95 so'm (+57.69 so'mga)
140.95 so'm (-1.01 so'mga)
14 099.47 so'm (+115.87 so'mga)
19-02-2024, 09:01
21

Trampning NATO haqidagi gaplari Estoniyani cho‘chitib yubordi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Shimoliy Atlantika Shartnomasi (NATO) davlatlariga qarshi hujumlarni rag‘batlantirish rejalari haqidagi bayonotlari Yevropa siyosatchilari, xususan, Estoniyada xavotir uyg‘otdi. Bu haqda “The Times” nashri yozdi, deb yozadi «Report».

Manbaga ko‘ra, Estoniya razvedkasi rahbari Kaupo Rosin Trampning so‘zlarini sharhlar ekan, bunday bayonotlar hech qachon foydali bo‘lmaganini aytgan.

Yanvar oyi oxirida Estoniya mudofaa kuchlari qo‘mondoni Martin Herem Rossiya Ukrainada o‘z maqsadlariga erishgach, o‘zini tiklash uchun bor-yo‘g‘i bir yil vaqt sarflashini aytdi. Unga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi ertami kech Estoniyaga hujum qilishi mumkin, bunga Boltiqbo‘yi mamlakati tayyor emas.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта