Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 18 yashar o‘g‘li Axmat Qodirov respublika yoshlar bilan ishlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Tegishli ma’lumot “Etakchilarning texnosporti” sport festivalining ochilish marosimida ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, Axmat tadbirda Checheniston respublikasining oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlangan.
U yangi tayinlovga qadar Checheniston jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ramzan Qodirovning ikkinchi qizi Xadijat Checheniston rahbari administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Checheniston rahbarining to‘ng‘ich qizi, respublika madaniyat vaziri bo‘lib ishlagan Ayshat esa Checheniston hukumati rahbari o‘rinbosari lavozimiga kirishgan.
Ramzan Qodirov va uning oilasi muntazam ravishda taqdirlanib, yuqori lavozimlarga tayinlanib keladi. BBC rus xizmatining 2018 yilda hisob-kitoblariga ko‘ra, Chechenistondagi 158 nafar yuqori martabali amaldorning 30 foizi respublika rahbarining qarindoshlari, 23 foizi qishloqdoshlari, yana 12 foizi Checheniston rahbarining do‘stlari va ularning qarindoshlaridir.
“Qarindoshlarimning har qanday muassasa va har qanday lavozimdagi talabi o‘n barobar ko‘p, chunki ular menga qaramay ishlashlarini isbotlashi kerak. Kimga ishonsam, o‘shani tayinlayman”, — degan edi Qodirov bu borada.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring